logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pedri kelajakda "Oltin to'p" uchun imkoniyatlari haqida gapirdi

 14 NOYABR, 2025, 08:18

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri "Oltin to'p" haqida fikr yuritdi. 22 yoshli futbolchi bu yilgi sovrin uchun asosiy da'vogarlardan biri sifatida e'tirof etilgan bo'lsa-da, ovoz berish natijalariga ko'ra atigi 11-o'rinni egalladi.

"Ovoz berish natijalari shunday, men buni qabul qilaman. Kelgusi yil yuqoriroq o'rinni egallashga harakat qilaman. Albatta, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishni istardim. Buni barcha o'yinchilar orzu qiladi, buning aksini da'vo qilgan odam esa shunchaki yolg'on gapiradi. Qiyin bo'ladi, lekin nima bo'lishini hech kim bilmaydi," - deya ispaniyalik OAV yulduz xavbekning intervyusidan iqtibos keltirmoqda.

Eslatib o'tamiz, "PSJ"ning frantsiyalik hujumchisi Usmon Dembele "Oltin to'p-2025" sohibiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ