Mbappe Peledan keyin faoliyatida 400 ta gol urgan eng yosh futbolchi bo'ldi
14 NOYABR, 2025, 06:06
Kilian Mbappe o'zining 400-golini urdi. Bu bugun "uchranglilar"ning yirik (4:0) g'alabasi bilan yakunlangan Frantsiya va Ukraina terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda ro'y berdi. Mezbonlar sardori dubl qayd etdi.
Madrid Zone xabariga ko'ra, 26 yoshli Kilian afsonaviy Peledan keyingi 400 ta gol urgan eng yosh futbolchi bo'ldi. Frantsiyalik yulduz endilikda joriy ming yillik rekordiga egalik qilmoqda.
Klub darajasida Mbappe Madridning "Real" klubi sharafini himoya qiladi. U bungacha "Monako" va "PSJ" klublarida to'p tepgan. Futbolchi Frantsiya terma jamoasida 2017 yilda debyut qilgan.
20 dekabr kuni Kilian Mbappe 27 yoshga to'ladi.
