logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vitor Roke - "Barselona"ga o'tish haqida: "Gap pulda emasdi"

 14 NOYABR, 2025, 06:00

"Palmeyras" hujumchisi Vitor Roke "Barselona"ga o'tganini esladi.

Braziliyalik futbolchi 2024 yil boshida "Atletiko Paranaense"dan "ko'k-anorranglilar" safiga qo'shilgandi. Hujumchi Kataloniyada o'zini ko'rsata olmadi, shuning uchun yozdayoq "Betis"ga ijaraga berildi va joriy yilning fevralida vataniga qaytdi.

"Barselona"ga o'tishim? Gap pulda emasdi. Oldinda yana 10-15 yillik kareram bor, Xudo xohlasa, hozir bu haqda o'ylashning vaqti emas. Albatta, ketayotganimda aniq karera rejam bor edi. "Barsa" - har bir futbolchi o'ynashni orzu qiladigan dunyoning eng yaxshi klublaridan biri. Men Evropaga juda erta ketganman, ammo bu tajriba menga ko'p narsani o'rgatdi," - deya 20 yoshli futbolchining so'zlarini keltirmoqda ispan OAV.

Vitor Roke 2025 yilgi mavsumda "Palmeyras" safida 52 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ