"Bavariya" yuqori maosh oladigan futbolchi bilan xayrlashadi
14 NOYABR, 2025, 06:00
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretska 2026 yilda klubda qolish ehtimoli past. Futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi va uzaytirilmaydigan ko'rinadi.
Jurnalist Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, "Bavariya" tajribali xavbek bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda va hozirda uning o'rnini bosuvchi futbolchi qidirmoqda, ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Goretska jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilari qatoriga kiradi, Myunxen grandining hamkorlikni tugatish niyati ham shu bilan bog'liq. Joriy mavsumda germaniyalik futbolchi Vensan Kompani jamoasining barcha musobaqalardagi 15 ta o'yinida qatnashib, samarali harakat qilmadi.
