logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nikolas Jekson "Chelsi"ga qaytishni istamayapti

 14 NOYABR, 2025, 05:54

"Bavariya" safida ijara asosida to'p tepayotgan hujumchi Nikolas Jekson "Chelsi"ga qaytish niyatida emas.

Bitimda 65 million evro evaziga sotib olish optsiyasi mavjud bo'lib, u avtomatik ravishda faollashishi dargumon. Shunga qaramay, futbolchi myunxenliklar baribir uni "ko'klar"dan sotib olishga qaror qilishlariga umid qilmoqda, deb yozadi jurnalist Kiran Jill. Hujumchida London klubiga qaytish istagi yo'q.

Ayni damda barchasi "Bavariya" Jeksonni sotib olmasligini ko'rsatmoqda, shu bois futbolchining kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Senegallik futbolchi Vensan Kompani jamoasi safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ