logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Liverpul" sobiq futbolchisi: "Jamoa Gexi bilan shartnoma imzolashi kerak edi"

 13 NOYABR, 2025, 21:18

"Liverpul" va Shotlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi, hozirda televidenieda ekspert bo'lib ishlayotgan Don Xatchison "Kristal Pelas" futbolchisi Mark Gexi haqida fikr bildirdi.

25 yoshli futbolchi markaziy himoyachi sifatida o'ynaydi va o'tgan transfer oynasida "Liverpul"ga o'tishi mumkin edi.

"Liverpul" yozda Mark Gexi bilan shartnoma imzolashi kerak edi. Ular "Pelas" istagan pulni to'lashlari kerak edi. Bu yanvar Gehi uchun hal qiluvchi oy bo'lishi kerak. Chunki yozga borib unda erkin agent sifatida tanlash imkoniyati ko'p bo'ladi," - deya Xatchinsonning so'zlarini keltiradi Express.

Joriy mavsumda Gexi 18 ta o'yinda 1 ta gol urdi, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 1 ta sariq kartochka oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ