logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pep Gvardiola “Real Madrid” Erling Holandni sotib olishi mumkinligidan xavotirda

 13 NOYABR, 2025, 18:30

Angliyaning “Manchester Siti” klubi hujumchisi Erling Holand faoliyatini boshqa ligada davom ettirishi mumkin. Defensa Central nashrining yozishicha, “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola norvegiyalik futbolchining “Real Madrid”ga o'tish istagidan norozi bo'lmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Gvardiola Holandning shartnomasiga tovon puli bo'yicha band kiritilishiga qarshi chiqqan va mazkur sabab ortidan rahbariyat bilan tortishuv yuzaga kelgan. Ma'lumki, Holand va “Siti” o'rtasidagi shartnomaga 2024-yildan boshlab 200 million evrolik tovon puli bandi kiritilgan. Bu band orqali Angliya Premer Ligasi tashqarisidagi klublar hujumchini sotib olish imkoniga ega bo'ladi. Shu bilan birga, Holand qancha uzoq “Siti” safida qolsa, tovon summasi kamayib boradi.

Gvardiola esa Chempionlar Ligasidagi asosiy raqobatchi bo'lgan “Real” ushbu bandni faollashtirishi mumkinligidan xavotirda. Holand esa hech qachon “qaymoqranglilar”ga muxlislik qilishini yashirmagan. U doimo “Real”ning yirik sovrinlar uchun kurashish qobiliyatini yuqori baholaydi va intervyularida o'zining kumiri Krishtianu Ronaldu ekanini tan olgan. Bundan tashqari, hujumchi Ispaniyani juda yoqtiradi va bu mamlakatga tez-tez kelib turadi.

“Real” esa hujumchining atrofidagi vaziyatni diqqat bilan o'rganib chiqmoqda. Agar klub rahbariyati Vinisius Junior bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erisha olmasa, uni 2026-yilda sotib yuboradi. Uning transferidan tushgan summa Holand uchun sarflanishi mumkin.

Ma'lumot uchun, “Manchester Siti” Holandni 2022-yilda sotib olgan. Hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 15 o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 1 golli uzatmaga mualliflik qilgan. 25 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2034-yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, Holandning bozor qiymati 180 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ