De Xea - A Seriya joriy mavsumida eng ko'p gol o'tkazgan darvozabon
13 NOYABR, 2025, 16:48
"Fiorentina" darvozaboni David de Xea A Seriya joriy mavsumida 11 turda 18 ta gol o'tkazib yubordi.
Bu ligadagi eng yomon ko'rsatkich hisoblanadi.
Bu borada top-3dan Nikolo Leali ("Jenoa" - 16 ta gol) va Lorentso Montipo ("Verona" - 16 ta gol) egallagan.
"Fiorentina" hozirda A Seriya turnir jadvalida so'nggi o'rinda. Ularning hisobida birorta g'alaba yo'q.
