Evro-2028da dinamik narxlashdan foydalanilmaydi
13 NOYABR, 2025, 16:12
UEFA 2028 yilgi qit'a chempionatida chiptalar narxlarini o'zgartirmaydi. Xabarlarga ko'ra, turnir tashkilotchisi FIFA kabi Evro-2028da dinamik narxlash usulidan foydalanmaydi. Bu usul o'yin chiptalariga talabga qarab narxlar oshishi yoki tushishini anglatadi.
Ammo bu turnirda unday bo'lmaydi. Evro-2024da uchinchi kategoriya chiptalar narxi 60 evrodan sotilgan edi. Maxsus chipta narxlari esa 30 evrodan boshlangan. Birlashgan Qirollik hamda Irlandiyada o'tadigan turnir uchun chipta narxlarini belgilash 2027 yilning so'nggi choragida o'tkaziladi.
