logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Lion" grandlar e'tiboridagi Fofanani sotmoqchi emas

 13 NOYABR, 2025, 13:12

Frantsiyaning "Lion" klubi asosiy futbolchilaridan biri Malik Fofanani sotishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Liga 1 Plus xabar bermoqda.

Ayni vaqtda 20 yoshli belgiyalik vinger oktyabr oyi oxirida "Strasbur"ga qarshi o'yinda to'pig'i cho'zilgani sababli og'riqdan aziyat chekmoqda. Evropaning bir qator grandlari qiziqish bildirgan Fofana yanvar oyida maydonga qaytishi kutilmoqda.

"Yanvar oyida Fofananing sotilishi muhokama qilinmayapti," - dedi klub bosh direktori Mixael Gerlinger.

O'sha Gerlingerning qo'shimcha qilishicha, moliyaviy jihatdan jamoaning ishlari unchalik yaxshi ketmayapti, bu esa yaqin transfer oynasida boshqa futbolchilarning sotilishini istisno qilmaydi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda "Lion" qarzlari tufayli quyi ligaga tushib ketishiga bir bahya qolgandi. Jamoa UEFA va mahalliy futbol federatsiyasi tomonidan berilgan majburiyatlarni bajarish uchun Rayan Sherki va Jorj Mikautadzeni sotishga majbur bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ