Yamal mashg'ulotlarni boshlaydi
13 NOYABR, 2025, 13:12
"Barselona" vingeri Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi qaydnomasidan chetlatilgan edi. U chov sohasidagi jarohatini davolash maqsadida terma jamoani tark etdi.
COPE xabariga ko'ra, 18 yoshli futbolchi juma kunidan boshlab mashg'ulotlarni qayta boshlashi mumkin.
U FIFA kunlaridan keyingi "Atletik Bilbao"ga qarshi o'yinga 100 foiz tayyor bo'ladi.
