logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" Keyn uchun jiddiy raqobatda yutib chiqishiga to'g'ri keladi

 13 NOYABR, 2025, 12:12

Ispaniyaning "Barselona" klubi "Bavariya" forvardi Xarri Keynni Robert Levandovskining o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 32 yoshli hujumchining xizmatlariga "Chelsi", "Manchester Yunayted" va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda, shuning uchun "Barselona"ga inglizni qo'lga kiritish oson bo'lmaydi. Shuningdek, Keynning o'zi faoliyatini "Bavariya"da davom ettirmoqchi ekani ham ta'kidlanmoqda.

Joriy mavsumda Keyn barcha turnirlar hisobida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ