logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

ATP Finals. Feliks Oje-Alyassim SHeltonni mag'lub etdi

 13 NOYABR, 2025, 12:00

Italiyaning Turin shahrida tennis bo'yicha yilning Yakuniy ATP turniri bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning sakkizinchi raketkasi Feliks Oje-Alyassim Born Borg guruhining ikkinchi tur uchrashuvida qiyin g'alabaga erishdi. Kanadalik iqtidor egasi reytingda o'zidan uch pog'ona yuqorida borayotgan AQSH vakili Ben SHeltonni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 4/6, 7/6(7), 7/5.

Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0. Ikki soatu 23 daqiqa davom etgan bahsda SHelton 7, Oje-Alyassim 9 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 2 tadan breykdan unumli foydalangan. 

Born Borg guruhida ikki g'alabaga ega italiyalik Yannik Sinner muddatidan avval kvartet g'olibi sifatida 1/2 finalga yo'l oldi. Ikkinchi yo'llanma taqdiri so'nggi turda o'tkaziladigan Aleksandr Zverev va Oje-Alyassim uchrashuvida aniqlanadi. Ben SHelton ikki mag'lubiyat bilan bilan bu imkoniyatdan mahrum bo'lib ulgurdi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ