Bugun VI Islom birdamligi o'yinlari dasturidagi ikki sport turida ishtirok etamiz
13 NOYABR, 2025, 11:16
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o'yinlari davom etmoqda.Bugun o'zbekistonlik sportchilar muay-tay va gandbol bo'yicha bahslarda ishtirok etishadi. Qo'l to'pi ustalarimiz ayollar o'rtasidagi musobaqaning guruh bosqich 1-turida qozog'istonlik dugonalariga qarshi bahs olib borishadi. Ikki nafar muay-taychimiz esa 1/2 final janglarida ringga chiqishadi.
Bugun ishtirok etadigan sportchilarimiz:
14:30. Muay-tay (ayollar, 55 kg, yarim final). Aziza Mamurova - Zineb Buhmada (Iordaniya)
16:00. Ganbol (ayollar, B guruhi, 1-tur). O'zbekiston - Qozog'iston
19:45. Muay-tay (ayollar, 65 kg, yarim final). Sevara Dilmurodova - Bedixa Sahin (Turkiya)

Manba: olamsport.com
