Talyafiko: "Messining ketishiga hech kim tayyor emas"
13 NOYABR, 2025, 11:06
Argentinalik himoyachi Nikolas Talyafiko 38 yoshli hujumchi Lionel Messining terma jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Leo 20 yildan beri terma jamoada o'ynab keladi. Uning ketishiga hech kim tayyor emas. Messi bu qachon sodir bo'lishini o'zi hal qiladi.
Ketgandan so'ng u terma jamoa murabbiylar shtabida qolishi yoki hatto jamoada rasmiy lavozimga ega bo'lishi mumkin", dedi futbolchi.
