logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" "Liverpul" yarim himoya chizig'i etakchisi uchun qancha sarflashga tayyorligi ma'lum bo'ldi

 13 NOYABR, 2025, 08:54

Xabarlarga ko'ra, “Barselona” joriy qishki transfer oynasida “Liverpul” yarim himoyachisi Rayan Gravenberxni sotib olish uchun 44 million funtlik taklif berishga tayyor.

Kataloniyaliklar bunday miqdor rasmiy muzokaralarni boshlash uchun etarli bo'ladi, deb hisoblamoqda.

Bosh murabbiy Xansi Flik jamoaga mudofaa muvozanatini ta'minlay oladigan va oldinga aniq paslar berib o'yinni qurishda ishtirok etadigan tayanch yarim himoyachi qo'shilishini istamoqda.

Manbalarga ko'ra, 23 yoshli niderlandiyalik xavbek ana shu ikki fazilatni birlashtirayotgan futbolchi sifatida “ko'k-anorranglilar”ning asosiy transfer nomzodiga aylangan.

Rayan hozirda Transfermarkt tomonidan 90 million evroga baholangan. U joriy mavsumda jami 12 ta o'yinda 3 ta gol urib, 2 ta assist berdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ