logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Anchelotti Rodrigoning "Real"dagi muammolari haqida gapirdi

 13 NOYABR, 2025, 08:30

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Rodrigoning qiyinchiliklari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Real"ning 24 yoshli futbolchisi o'tgan mavsumda jamoani italiyalik murabbiy boshqarganida ruhiy muammolarga duch kelgan edi.

"Qiyin kunlarni boshdan kechirayotganingda atrofdagilarning yordamiga muhtoj bo'lasan. Hozir Rodrigo o'zini yaxshi his qilayotganini ko'rib turibman - u motivatsiyaga ega va baxtli, buni o'tgan mavsum oxirida aytib bo'lmasdi. Men alohida nimadir qilganim yo'q, lekin uning muammosi nimada ekanligini tushundim va yordam berishga harakat qildim," - deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Joriy mavsumda Rodrigo Xabi Alonso davrida "Real"ning asosiy tarkibida deyarli maydonga tushmayapti, shu sababli OAVda futbolchining ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tinmayapti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ