Vinisiusning faoliyatini davom ettirish uchun eng ehtimoliy joy ma'lum
13 NOYABR, 2025, 07:12
Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Junior kelasi yildayoq jamoani tark etishi mumkin. Braziliyalik futbolchining "qaymoqranglilar" rahbariyati bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralari boshi berk ko'chaga kirib qoldi.
"Real" yulduzni 150 mln evroga sotishga tayyor, bu haqda avvalroq xabar berilgandi. Jurnalist Sasha Tavoleri ma'lumotiga ko'ra, Vinisius faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan eng ehtimoliy joy - Saudiya Arabistoni chempionati. Evropaning grandlari, jumladan, "Manchester Siti" ham 25 yoshli futbolchiga aytilgan shartlar asosida taklif berishni istamayapti.
Transfermarkt portali Vinisius Juniorning narxini xuddi shu 150 mln evroga baholamoqda. Futbolchining amaldagi kelishuvi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
