logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xulian Alvares Chempionlar ligasida to'purarlik rekordini o'rnatdi

 12 NOYABR, 2025, 21:30

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares Chempionlar ligasida 30 ta o'yinda 17 ta gol urib, yangi rekord o'rnatdi. Bu haqda musobaqaning rasmiy X (Twitter) sahifasida ma'lum qilindi.

Ilgari 30 ta o'yinda eng ko'p gol urgan futbolchi Lionel Messi hisoblanardi — u «Barselona» va «PSJ» safida 16 ta golga muallif bo'lgan. Ro'yxatning birinchi uchligiga Serxio Aguero kirgan — u «Atletiko» va «Manchester Siti» jamoalarida 14 ta gol urgan. Shuningdek, Ernan Krespo («Latsio», «Inter», «Milan», «Chelsi» va boshqalar) hamda Lisandro Lopes («Portu», «Lion») hisobida 13 tadan gol mavjud.

Hozirgi vaqtda Transfermarkt portali Xulian Alvaresning bozor qiymatini 100 million evro deb baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ