logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

“Chelsi” “Real” sobiq futbolchisini sotib olmoqchi

 12 NOYABR, 2025, 20:42

Londonning “Chelsi” klubi “Komo” yarim himoyachisi Niko Pasni transfer qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

21 yoshli argentinalik futbolchining qiymati yaqin yillar ichida 100 million evroga etishi taxmin qilinmoqda. Mazkur holat ortidan londonliklar Pasni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda.

Ammo Pasni transfer qilish jarayonida Madridning “Real” klubi muammo tug'dirishi yoki to'sqinlik qilishi mumkin, chunki futbolchi aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Qirollik klubi” yarim himoyachini 2026-yilda 9 million evro, 2027-yilda esa 10 million evro evaziga sotib olish huquqiga ega. Shuningdek, “Inter” klubi argentinalikka 58 million evrolik taklif tayyorlayotgani aytilmoqda.

Shuningdek, futbolchining atrofidagi vaziyatini “Arsenal” hamda “Tottenhem” ham jiddiy qiziqish bilan kuzatmoqda. “Shporlar” yozgi transfer oynasi paytida Nikoga taklif jo'natgan edi, ammo “Komo” rahbariyati London klubining taklifini rad etgan.

Joriy mavsumda Pas barcha musobaqalar doirasida jami 12 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 55 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ