“Manchester Yunayted” Kazemiro bilan yangi shartnoma imzolashda nega muammoga duch kelgani ma'lum bo'ldi
12 NOYABR, 2025, 19:00
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemironing amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Braziliyalik futbolchining mehnat kelishuvida bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud bo'lib, u holda maosh o'zgarmasdan qoladi.
Biroq klub rahbariyati Kazemironi saqlab qolishni xohlar ekan, uning ish haqini qisqartirish niyatida.
Jurnalist Fred Kaldeyra braziliyalik TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi:
“Kazemironing maoshi juda katta. "Manchester Yunayted" uni kamaytirishni xohlayapti, ammo menimcha, Kazemiro buga rozi bo'lmaydi. Nima bo'lishini kutamiz.”
Matbuot ma'lumotlariga ko'ra, 33 yoshli futbolchi haftasiga taxminan 390 ming evro maosh oladi.
Hozirgi vaqtda “qizil iblislar” Premer-liga jadvalida ettinchi o'rinni egallab turibdi. Kazemironing kelajagi haqidagi qaror mavsum yakunlarida qabul qilinishi kutilmoqda.
