Anchelotti Xabi Alonsoga bo'layotgan tanqidlarga munosabat bildirdi
12 NOYABR, 2025, 18:48
Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi, hozirda Braziliya terma jamoasida faoliyatini davom ettirayotgan Karlo Anchelotti "qirollik klubi"ning amaldagi ustozi Xabi Alonsoga bildirilayotgan tanqidlar haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz. Yulduzli "Real" so'nggi ikki o'yinda gol ura olmadi. Ular "Liverpul"ga yutqazdi (0:1) va "Rayo Valekano" bilan (0:0) durang o'ynadi.
"Xabi Alonsoga tanqid? "Real"ning durang o'ynashi inqiroz sifatida qabul qilinmoqda.
Jamoaning natijalari hozircha ajoyib. Agar Xabi buni uddalayotgan bo'lsa, undan yana nimani xohlash mumkin?", - dedi italiyalik murabbiy.
