logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Shaxmat. Nodirbek Yoqubboev mezbon sportchini mag'lub etib, nimchorak finalga chiqdi

 12 NOYABR, 2025, 18:42

Hindistonning Goa shahrida bo'lib o'tayotgan shaxmat bo'yicha jahon kubogi musobaqasida bugun 4-bosqichning javob o'yinlari bo'lib o'tmoqda.

Nodirbek Yoqubboev (2689) va hindistonlik Pranav Vantekash (2641) o'rtasidagi bahs hozirgina yakuniga etdi. Oq donalarda o'ynagan hamyurtimiz g'alabani qo'lga kiritdi. 38-yurishdan keyin mezbon shaxmatchi o'z mag'lubiyatini tan oldi.

Pranav 28-yurishda Farzin bilan noaniq yurishni amalga oshirdi. Yoqubboev esa ustunlikni qo'ldan chiqarmadi va g'alabani qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, shaxmatchilar o'rtasida kecha o'tkazilgan ilk o'yinda durang qayd etilgan edi. Nodirbek nimchorak final bosqichda Avondor Liang (AQSh) / Gabriel Sargisyan (Armaniston) juftligi g'olibiga qarshi dona suradi.

Ayni paytda Javohir Sindarov (2721) va xitoylik Yu Yanyi (2720) o'rtasidagi javob o'yini davom etyapti. Hozircha vaziyat mutlaqo teng. Shu bois, durang qayd etilish ehtimoli bor. Shunday natija qayd etilsa, shaxmatchilar ertaga rapid formatida tay-brekda ishtirok etishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ