logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"PSJ" akademiyaning iqtidorli bitiruvchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

 12 NOYABR, 2025, 18:00

"Parij Sen-Jermen" o'zining yoshlar akademiyasi bitiruvchisi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Jurnalisti Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, parijliklar rahbariyati 17 yoshli hujumkor yarim himoyachi Matis Janjelga yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilishni ko'rib chiqmoqda.

Ta'kidlanishicha, Janjel kelasi yozda "PSJ"ni tark etishi mumkin, chunki uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi va shuning uchun yangi jamoa topishga harakat qiladi.

"Ayntraxt Frankfurt" uni sotib olishga qiziqmoqda.

Bu mavsumda Matis "PSJ" yoshlar jamoasi safida barcha musobaqalarda 10 ta o'yinda ettita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u "qizil va ko'klar"ning kattalar jamoasida debyut qildi va Liga 1 da bitta o'yinda maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ