"Real"ning ikki muhim futbolchisi safga qaytishga yaqin turibdi
12 NOYABR, 2025, 18:00
Madridning "Real" klubida jarohat olgan futbolchilar bilan bog'liq yangiliklar paydo bo'ldi.
COPE xabariga ko'ra, tayanch yarim himoyachisi Orelen Tchuameni va markaziy himoyachi Antonio Ryudiger 26 noyabrga belgilangan "Olimpiakos"ga qarshi o'yinga tayyor bo'ladi.
"Real" hozirda La Ligada 31 ochko bilan peshqadam. Jamoa EChLda 9 ochko bilan 7-o'rinda.
