logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yurich rekordchi murabbiylar safiga kirdi

 12 NOYABR, 2025, 17:12

Xorvatiyalik mutaxassis Ivan Yurich A Seriyada ishlagan va rekord darajada qisqa vaqt ichida 3 ta klubni almashtirgan murabbiylar qatoridan joy oldi. Bu haqda "Transfermarkt" statistik portali tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda keltirilgan.

Ushbu reytingda birinchi o'rinni 152 kun ichida "Pyachentsa", Lissabonning "Sporting" va "Venetsiya" klublarini boshqarishga ulgurgan murabbiy Juzeppe Materatstsi egallab turibdi. Ikkinchi o'rin esa Ivan Yurichga nasib etdi ("Torino", "Roma" va "Sautgempton" - 281 kun). Kuchli uchlikni Luidji Delneri ("Kevo", "Portu" va "Roma" - 283 kun) yakunlab bergan.

Shuningdek, top-10 likdan 365 kun ichida 3ta klubini almashtirgan Klaudio Raneri, yaqinda "Atalanta"dan iste'foga chiqarilishi natijasida xuddi shunday ko'rsatkich qayd etgan Ivan Yurich, Frank de Bur, Julio Korsini, Fotih Terim, Igor Tudor va Karlo Matstsone o'rin olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ