logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saka: "Angliya terma jamoasida gol urish mening vazifam"

 12 NOYABR, 2025, 15:36

Angliya terma jamoasi hujumchisi Bukayo Saka jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelning ko'proq gol urishi kerakligi haqidagi fikriga qo'shilishini aytdi.

"Menimcha, maydonda bo'lishning o'zi etarli emas. Angliya terma jamoasi libosida vaziyat yarata oladigan va gol ura oladigan saviyali futbolchilar bor. Bu mening vazifam, shuningdek, murabbiy va murabbiylar shtabining vazifasi - ular biz o'zligimizni saqlab qolishimiz, eng yaxshi jihatlarimizni ko'rsatishimiz va o'zimizni namoyon qilishimiz uchun mukammal o'yin rejasini tuzishadi. Shunday ekan, ha, hammasi o'zimga bog'liq", - deya 24 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi ESPN.

Saka terma jamoa safida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ