Sevil Yuldasheva Tailanddagi W15 turnirini g'alaba bilan boshladi
12 NOYABR, 2025, 15:16
Tailandning Xuaxin shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida ITF W15 turniri start oldi.Musobaqada o'zbekistonlik raketka ustasi Sevil Yuldasheva ham ishtirok etyapti.
23 yashar hamyurtimiz bugun turnirning ilk davrasida WTA reytingida 1060-o'rinni egallab turgan yaponiyalik Yui CHikaraishi bilan bahs olib bordi. Ikki set davom etgan o'yin hisob 1:1 ekanida yakunlandi. Yapon tennischisi bahsni davom ettira olmagani sababli g'alaba Yo'ldoshevaga berildi.
Sevil endi nimchorak final bosqichida Tailand vakilasi Pingtarn Plipuech bilan to'qnash keladi. 32 yoshli Plipuech WTA reytingida 832-o'rinda qayd etilgan.
Manba: olamsport.com
