logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rodrigo "Tottenxem"ga o'tmaydi

 12 NOYABR, 2025, 14:54

Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo Londonning "Tottenxem" klubi futbolchisiga aylanishi dargumon.

Avvalroq, "shporlar" braziliyalik futbolchi uchun 80 million evro to'lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jurnalist Florian Plettenbergning ta'kidlashicha, paydo bo'lgan mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Uning ma'lumotiga ko'ra, Rodrigo katta maosh olgani uchun kelishuv amalga oshmaydiganga o'xshaydi.Shu bilan birga, futbolchi baribir yanvar oyida "Real"ni tark etishi istisno qilinmayapti.

Joriy mavsumda 24 yoshli Rodrigo barcha turnirlar hisobida 13 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 80 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ