"Barselona" tarbiyalanuvchisini ortga qaytarishi mumkin
12 NOYABR, 2025, 13:18
"Selta" o'ng qanot himoyachisi Oskar Mingesa Evropaning bir qator klublari e'tiborida bo'lib turibdi.
26 yoshli ispaniyalik futbolchini o'zi tarbiya topgan "Barselona" ham qaytarishi mumkin. Shuningdek, "RB Leyptsig", "Marsel", "Aston Villa", va "Nyukasl" ham Mingesa xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Oskar joriy mavsumda umumiy 14 ta o'yinda 1 ta gol urib, 3 ta golli uzatma berdi.
