logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Islombek Ismoilov U-17 terma jamoamiz futbolchilarining legionerga aylanish ehtimoli haqida gapirdi

 12 NOYABR, 2025, 12:36

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov yosh futbolchilarimizning legioner bo'lish ehtimoli haqida o'z fikrlarini bildirdi.

— Futbolchilarni skautlar kuzatmoqda, ayniqsa Hakimov, Erimbetov va Sodiqovlarni. Shu haqda nima deysiz? Va ularning legionerga aylanish ehtimoli qay darajada?

— Albatta, bu tabiiy holat ularni kuzatish juda quvonarli. Umid qilamizki, bu faqat kuzatish bilan cheklanib qolmaydi. Agar evropa klublari futbolchilarimizni jalb qilishsa, bu o'zbek futboli uchun katta yutuq bo'ladi. Men murabbiy sifatida bundan faqat xursandman", - deya Ismoilov so'zlarini keltirgan Uzbekistan Legionaries.

Yosh futbolchilarimiz JCh 1/16 finalida Xorvatiyaga qarshi o'yin o'tkazadi. Bahs 15 noyabr kuni 20:30 da start oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ