logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Eberl 39 yoshli Noyerning jamoa muvaffaqiyatlariga qo'shgan hissasini e'tirof etdi

 12 NOYABR, 2025, 12:30

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer jamoaning muhim a'zosi bo'lib qolmoqda. Myunxenliklar mavsum startida ketma-ket 16 g'alabadan iborat seriya qayd etishdi.

"Noyer - ajoyib sardor, u jamoaga katta yordam beradi. Manuel so'nggi bir necha oy ichida bizning rivojlanish jarayonimizda muhim rol o'ynadi. U "Bavariya"ning hozirgi muvaffaqiyatlariga jiddiy hissa qo'shdi", - deya Myunxen grandining sport bo'limi rahbari Maks Eberlning so'zlarini keltiradi Sport Bild.

Noyer joriy mavsumda 14 ta bahsda 10 ta gol o'tkazib yubordi, shuningdek, 6 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ