logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinisius "Rayo"ga qarshi o'yinda o'z jamoadoshini tanqid qilgan

 11 NOYABR, 2025, 22:36

Ispaniya matbuotida Vinisius Juniorning yaqinda "Rayo Valekano"ga qarshi derbida aytgan so'zlari tahlil qilindi. "Real" bu bahsda uch ochkoni qo'lga kirita olmadi - 0:0.

El Dia Despues dasturida ma'lum qilinishicha, Vinisius ma'lum bir vaziyatda himoyachi Din Xyoysenga e'tiroz bildirgan.

"Biz doimo uzun paslar bilan o'ynaymiz. Sen doim uzun uzatma qidirasan. Bu kimga kerak o'zi? - degan Vinisius.

Bundan tashqari, Vinisius muntazam ravishda muxlislariga nimadir deb gapirardi. Hushtak chalinishidan biroz oldin esa braziliyalik futbolchi "Real"ning o'yinini tanqid qildi.

- Xudoyim, biz g'alaba qozonishni istamayapmiz, - dedi Vinisius.

"Real" La Ligada peshqadamlik qilmoqda va 2-o'rindagi "Barselona"ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ