"Aston Villa" yulduziga yozda ikkita klubdan taklif bo'lgan
11 NOYABR, 2025, 18:00
"Aston Villa" himoyachisi Metti Kesh yozda klubni tark etishi mumkin edi. Bu haqida futbolchining o'zi shunday deydi:
"Men o'tgan yozda jamoadan ketishim mumkin edi. Mening stolim ustiga 2ta klubdan kelgan taklifni qo'yishdi. Lekin qalbim shu erda qolishni xohlardi. Oilam, uyim va yaqinlarim shu erda. O'zimni doimo sevimli his qilaman. Shu tufayli Birmingemda qoldim. Bu to'g'ri qaror bo'ldi deb hisoblayman".
28 yoshli Polsha terma jamoasi a'zosi yaqindagina "Aston Villa" bilan 2028 yilgacha yangi shartnoma tuzgan edi.
