Virtsning otasi Florian nima sababdan "Liverpul"ga o'tganini aytdi
11 NOYABR, 2025, 16:30
"Liverpul" yozda "Bayer"dan 125 million evro evaziga yarim himoyachi Florian Virtsni sotib oldi.
22 yoshli futbolchining otasi Xans-Yoaxim Virts o'g'li nega "qizillar" safiga o'tganini tushuntirdi.
«Arne Slot Florian bilan shaxsan gaplashgani juda muhim edi. U unga hozir ham, kelajakda ham jamoa uchun qanchalik qadrli ekanligini tushuntirdi va ularning hamkorligini qanday ko'rishini aytdi. Aynan shu narsa Florianni ishontirdi», - dedi katta Virts.
Florian mersisaydliklar safida 16 ta o'yinda 3 ta assist berdi, xolos.
