Yamalning o'rnini kim egallashi ma'lum bo'ldi
11 NOYABR, 2025, 16:06
"Barselona" vingeri Lamin Yamal son sohasidagi jarohatini davolash uchun Ispaniya terma jamoasi qaydnomasidan chetlatildi.
Luis de la Fuente "qizil furiya" qaydnomasiga 18 yoshli futbolchi o'rniga "Rayo Valekano"dan Xorxe de Frutosni chaqirdi.
De Frutos joriy mavsum barcha turnirlarda jami 16 ta o'yinda 6 ta gol urib, 3 ta assist berdi.
