"Milan" 40 yoshli Modrichni yana bir mavsumga olib qolmoqchi.
11 NOYABR, 2025, 14:48
"Milan" yarimhimoyachi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
40 yoshli xorvatiyalik futbolchi o'tgan yozda erkin agent sifatida Italiya klubiga o'tgan va 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolagandi. Modrich A Seriyada 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.
"Milan" rahbariyati Modrichning jamoa o'yiniga qo'shayotgan hissasidan mamnun. "Rossonerilar" xavbek bilan mehnat shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirishni kutmoqda, biroq bu boradagi qaror bahordan oldin qabul qilinmaydi.
