London klubi hujumchisi qishda Bundesligaga yo'l olishi mumkin
11 NOYABR, 2025, 13:48
"Vest Xem" markaziy hujumchisi Niklas Fyullkrug yanvar oyida vatani Germaniyaga qaytishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, 32 yoshli forvardni "Volfsburg" o'z safiga qo'shib olish uchun harakatni boshlagan. "Augsburg" ham poygada ishtirok etadi.
2024 yil yozida "Borussiya Dortmund"dan "bolg'achilar" safiga o'tgan Fyullkrug jarohatlar sabab Angliyada ko'p o'yin o'tkaza olmadi. U jami 27 ta o'yinda 3 ta gol urib, 2 ta assist bergan.
