logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Roma" hujumchisi jarohat sabab terma jamoasining muhim o'yinlarini o'tkazib yuboradi

 11 NOYABR, 2025, 13:06

"Roma" hujumchisi Artyom Dovbik sonining orqa qismidan jarohat oldi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ukrainalik hujumchiga chap sonning to'g'ri mushak payi shikastlangani tashxisi qo'yilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, uning tiklanishi uchun taxminan 40 kun kerak bo'ladi.

Dovbik JCh-2026 saralashida Frantsiya va Islandiyaga qarshi o'yinlar uchun Ukraina terma jamoasiga chaqirilgan edi, ammo endi uning ishtiroki so'roq ostida. Katta ehtimol bilan u endi jamoada o'ynay olmaydi.

Joriy mavsumda forvard "Roma" safida 14 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ