logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Liverpul" "Aston Villa"dagi futbolchisini qaytarib olmoqchi

 11 NOYABR, 2025, 12:42

“Aston Villa” hujumkor yarim himoyachisi Xarvi Elliott yaqin vaqt ichida “Liverpul”ga qaytishi mumkin, deb xabar berdi Football Insider nashri.

Manbaning ma'lumoticha, mersisaydliklar 22 yoshli futbolchini o'yin amaliyoti etishmayotgani sababli ijaradan chaqirib olish variatini ko'rib chiqmoqda. Elliott Angliya premer-ligasining so'nggi uch o'yinida hatto jamoa qaydnomasiga ham kiritilmagan.

Bu qaror “Aston Villa” uchun ham ijobiy bo'lishi mumkin, chunki klub yarim himoyachiga ishonch bildirmayotgani ko'rinib turibdi.

Elliott joriy mavsumda “Aston Villa” safida barcha musobaqalarda 6 ta o'yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi.

Futbolchining “Liverpul” bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ