Para dzyudochilarimiz Osiyo chempionatini 9 ta medal bilan yakunlashdi
11 NOYABR, 2025, 10:36
Qozog'istonning Ostona shahrida para dzyudo bo'yicha qit'a birinchiligi o'z nihoyasiga etdi.
Bellashuvlarda O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari 1 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza, jami 9 ta medalga ega chiqishdi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin:
Dovurxon Karomatov.
Kumush:
Shohruh Mamedov.
Sherzod Namozov.
Fotima Toirova.
Erkaklar o'rtasidagi jamoaviy dasturda;
Ayollar o'rtasidagi jamoaviy dasturda.
Bronza:
Otabek Irisbekov.
Tillaqo'zi Karimjonov.
Turg'un Abdiev.
