Amerika kompaniyasi “Atletiko” aktsiyalarini sotib oldi
11 NOYABR, 2025, 07:36
Amerikaning Apollo Sports Capital aktivlar boshqaruvi kompaniyasi 2026 yil boshida “Atletiko” klubining asosiy aktsiyadorlaridan biriga aylanadi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.
Ma'lumotga ko'ra, klubning bosh direktori Migel Anxel Xil va prezidenti Enrike Sereso o'z lavozimlarida qoladi — bu orqali “boshqaruvdagi izchillik va umumiy kontseptsiyani saqlab qolish” maqsad qilingan.
Klub bayonotida ta'kidlanishicha, ushbu kelishuv “multiklublik egalik strategiyasining bir qismi emas”.
Eslatib o'tamiz, “Atletiko”ning avvalgi yirik investorlaridan biri — xitoylik Wanda korporatsiyasi bo'lib, u o'z ulushini keyinchalik isroillik milliarder Idan Ofer va uning Quantum Pacific Group kompaniyasiga sotgan edi.
