"Konte iste'foga chiqmaydi" - De Laurentis "Napoli" ustozini qo'llab-quvvatladi
11 NOYABR, 2025, 06:06
Italiyaning "Napoli" klubi prezidenti Aurelio de Laurentis jamoa ustozi Antonio Konte bilan uchrashuvdan keyin klubdagi keskin vaziyat haqida gapirdi. U murabbiyni qo'llab-quvvatlashini, u bilan hamkorlik qilishdan faxrlanishini va uni ishdan bo'shatmoqchi emasligini aytdi.
- Konteni ishdan bo'shatish haqidagi ertaklarni o'qiyapman. Men internetni axborotni tez tarqatish imkoniyati uchun hurmat qilaman. Lekin u har doim ham to'g'ri bo'lavermaydi. Biz Konte bilan alohida munosabatdamiz, u biz bilan ishlayotganidan faxrlanaman. Buni men qaerdadir uning ishdan bo'shatilishi haqidagi ahmoqona gaplarni o'qigan muxlislarimizga aytmoqchiman," - deya de Laurentisning so'zlarini keltiradi Calcionapoli1926.it.
Konte 2024 yildan buyon "Napoli"da ishlab kelmoqda.
