Manba: "Real"ning yana bir futbolchisi FIFA kunlarida o'z terma jamoasiga bormaydi
10 NOYABR, 2025, 17:30
"Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda (0:0) o'zini noqulay his qilgan.
Insayder Arancha Rodriges xabariga ko'ra, 33 yoshli darvozabon FIFA kunlarida Belgiya terma jamoasi qarorgohiga bormaydi.
Tibo Madridda qolib, jamoasining navbatdagi o'yini uchun tiklanish ustida ish olib boradi.
Kurtua joriy mavsumda 16 ta o'yinda 20 ta gol o'tkazib yubordi va 10 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
