"Humo" yangi chempionatdagi ilk g'alabasini nishonladi
10 NOYABR, 2025, 17:16
Kecha Qirg'izistonning Bishkek shahridagi "Bishkek arena" majmuasida xokkey bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionati davom ettirildi.Toshkentning "Humo" xokkey klubi chempionatdagi uchinchi o'yinini mezbon yurt vakili — "Alga"ga qarshi o'tkazdi.
O'yinda "Humo" xokkeychilari 14:1 hisobidagi yirik g'alabani rasmiylashtirishdi.
Bu "Humo"ning chempionatdagi ilk g'alabasiga aylandi. "Qanotlilar" bugun 19:30 da "Alga"ga qarshi ikkinchi o'yinda muzga chiqishadi.

Manba: olamsport.com
