"Tottenxem" "Real" yulduzi uchun 80 mln evro to'lashga tayyor
10 NOYABR, 2025, 14:30
Madridning "Real" klubi braziliyalik hujumchisi Rodrigo Angliya premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin.
Fichajes nashri tarqatgan xabarga ko'ra 24 yoshli Rodrigoga Londonning "Tottenxem" klubi hamon qiziqish bildirmoqda. "Shporlar" ispan klubi so'ragan 80 million evroni to'lashga tayyor.
Xabi Alonso "Real" bosh murabbiyi bo'lgach, Rodrigo birdan zaxira o'rindig'iga o'tirib qoldi. Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, braziliyalik futbolchi jahon chempionati arafasida ko'proq o'ynash uchun jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.
Rodrigo bu mavsumda barcha turnirlarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
