Kuboning "Tottenxem"ga o'tishi "Real"ga katta daromad olib keladi
10 NOYABR, 2025, 13:42
"Tottenxem" "Real Sosedad" hujumkor yarim himoyachisi Takefusa Kuboga da'vogarlik qilmoqda. 24 yoshli futbolchining transferi "shporlar"ga 60 mln evroga tushishi mumkin. Defensa Central nashrining ta'kidlashicha, agar transfer amalga oshsa, Madridning "Real" klubi 30 mln evro ishlab oladi. "Qirollik klubi" 2022 yilda yaponiyalik futbolchini sotar ekan, kelgusida futbolchini qayta sotishning 50 foizini kelishuvga qo'shgan edi.
Takefusa Kubo joriy mavsum "Real Sosedad" safida 10 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. Ilgari bask klubi yulduziga Londonning "Arsenal", "Everton", "Atletiko", "Milan" va boshqa klublar qiziqish bildirgan edi.
