logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" sobiq yarim himoyachisi: "Yamal barcha futbol muxlislariga zavq bag'ishlaydi"

 10 NOYABR, 2025, 12:48

Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Sami Xedira "Barselona" yulduzi Lamine Yamala haqida qanday fikrda ekanini aytdi.

18 yoshli vinger so'nggi "klasiko"da o'yin oldidan "Real" haqida aytgan gaplari janjalga sabab bo'lgandi. Bu futbolchi bilan bog'liq shov-shuvli voqealarning birinchisi emas.

"Yamal endigina 18 yoshda. Shu yoshida to'g'ri yo'l tutishni bilarmidi? Ha, ba'zida u gapirishda ehtiyotkor bo'lishi kerak. Klubdagi eng yaqin odamlar unga bunday vaziyatlardan qochishga yordam berishi kerak. Bu yigitning o'yinini kuzatish yoqimli - u maydondagi harakatlari bilan barcha futbol muxlislariga zavq bag'ishlaydi," - deya Xediraning so'zlarini keltiradi The Touchline.

Yakshanba kuni "Selta"ga qarshi o'yinda (4:2) Lamin Yamal o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ