45 million evroga sotib olingan futbolchi Mareskaga kerak emas
10 NOYABR, 2025, 12:42
"Chelsi" himoyachisi Aksel Disasi katta ehtimol bilan mavsum oxirigacha klubda qolmaydi. Frantsuz joriy mavsumda "ko'klar" safida biror marta ham maydonga tushmadi - uni jamoa bosh murabbiyi Entso Mareska jamoadan chetlatdi.
Jurnalist Santi Auna xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi yanvar oyida, qishki transferlar oynasi ochilganda klubni tark etishi kerak. Londonliklar ustozi futbolchini asosiy jamoaga qaytarishni rejalashtirmayapti.
Aksel Disasining Transfermarkt portalidagi narxi - 18 mln evro. 2023 yilning yozida "Chelsi" transfer uchun 45 mln evro to'lab, "Monako"dan markaziy himoyachini sotib oldi.
London grandi Premer-liganing 11-turidan keyin turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
