logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Alonso "Rayo Valekano" bilan durangdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi

 10 NOYABR, 2025, 08:12

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso La Liga 12-turidan o'rin olgan "Rayo Valekano"ga qarshi o'yindagi durang haqida gapirdi.

"Qiyin o'yinga tayyor edik. Avvalgi yillarda bo'lgani kabi "Rayo" ham maksimal kontsentratsiyada harakat qiladi va biz ularning himoyasi kalitini topa olmadik. O'yin juda shiddatli o'tdi. "Liverpul" bilan o'yindan keyin o'yinni o'z rejalarimiz bo'yicha o'tkazmoqchi edik. Ikkinchi bo'limda hamma narsa bo'lishi mumkin edi. Ammo bugun g'alaba qozona olmadik," - dedi Alonso o'yindan keyin.

12-turdan so'ng "Real" 31 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Jamoaning keyingi uchrashuvi 23 noyabr kuni "Elche"ga qarshi bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ